Bugun 16 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yil ichida bolalar nikohi sezilarli kamaygan — Bolalar Ombudsmani

O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yil ichida bolalar nikohi sezilarli kamaygan — Bolalar Ombudsmani

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevrosiyoda bolalar nikohining eng past ko‘rsatkichi O‘zbekistonda bo‘lsa (3,4), eng yuqori ko‘rsatgich Gruziya va Qirg‘izistonda.

Bolalar Ombudsmanining xabar berishicha, “Equality Now” xalqaro inson huquqlari tashkiloti tomonidan olib borilgan tadqiqotda Yevrosiyoning 7 ta davlati: Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondagi bolalar nikohi, erta nikoh va majburiy nikoh muammosi har tomonlama tahlil qilingan. U inson huquqlarining buzilishiga qarshi kurashish uchun asosiy sabablar, oqibatlar, huquqiy va siyosiy asoslar va ehtimoliy aralashuv strategiyalarini o‘rganadi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda 2019 yildan boshlab, erkaklar va ayollar uchun yagona nikoh yoshi 18 yosh etib belgilangan.

Umumiy holatni taqqoslash uchun ta’kidlash joizki, 2018 yilda Respublika bo‘ylab 5123 ta erta nikoh holati qayd etilgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib, erta nikohlar soni faqat 42 tanigina tashkil etgan.
Kiritildi: 09:11 15.11.2024. O'qildi: 299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!