Rossiya xalq artisti Filipp Kirkorov qidiruvga berildi, xonanda yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun 30 dan ortiq to‘lanmagan jarima to‘plagan, deb yozmoqda Rossiya OAV.
Xabar qilinishicha, 2023 yil dekabridan buyon Kirkorov o‘zining Rolls-Royce avtomobilida 31 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Ko‘pincha ijrochi tezlik chegarasidan oshib ketgan, yo‘l chizig‘i talablariga rioya qilmagan va mashinasini taqiqlangan joylarga qo‘ygan. U bu qoidabuzarliklar uchun 24 ming rubl jarima to‘lashi kerak edi.
Sud ijrochilar san’atkorga nisbatan ijro ishi ochgan va uning avtomobilini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlagan.