Fransiya, Vengriya va Ispaniya YEIda Rossiya gazining asosiy xaridorlariga aylandi.
Rossiyadan Yevropaga import qilinadigan gazning yarmidan sal ko‘pi bu davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Fransiyaning o‘zi 2024-yilning dastlabki sakkiz oyida xaridlarni 30 foizga oshirdi va gaz uchun 1,9 milliard yevro to‘ladi. Yeurostat ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi o‘rinda 1,6 milliard yevro bilan Vengriya.