Odessada hujum natijasida fuqarolik infratuzilmasi sezilarli darajada vayron bo‘ldi.
Turar-joy binolari, port, universitet, jamoat transporti bekatlari, qozonxona shikastlangan. Bir ayol halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi.
***
Odessada turar-joy binosiga raketa kelib urildi, deb yozadi Ukraina telegram-kanallari.
Shahar markazida uch qavatli bino yondi.
Hujum natijasida magistral quvur shikastlangan va shahar qozonxonalaridan birining ishi to‘xtatilgan, dedi shahar meri Gennadiy Truxanov.