Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston—Qatar uchrashuvida madhiya o‘rniga reklama ko‘rsatilgani yuzasidan izoh berildi

O‘zbekiston—Qatar uchrashuvida madhiya o‘rniga reklama ko‘rsatilgani yuzasidan izoh berildi


Kecha, 14 noyabr kuni Qatar—O‘zbekiston uchrashuvi boshlanishi oldidan O‘zbekiston madhiyasi efirga uzatilmay, o‘rniga reklama ko‘rsatildi. Ushbu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Sport TV kanali bosh direktori Zohid Karimov ushbu holat bo‘yicha izoh berdi.

“Shuncha tayyorgarlik, shuncha harakat qilib davlat madhiyasiga kelganda atayin kesmaymiz-ku!?

Biz ketma-ket o‘yinlarni ko‘rsatmoqdamiz. Undan oldin boshlangan o‘yin qo‘shib berilgan vaqt hisobiga kech tugadi. Bu o‘yinga o‘tguncha shartnoma bo‘yicha reklamalarimiz bor edi. Shu reja bo‘yicha ish olib borilayotganda, madhiya boshlanib qoldi. Efirga madhiyaning o‘rtasidan o‘tish noto‘g‘ri hisoblanib, tugashi kutildi.

O‘yinni chiroyli tarzda translyasiya qilish uchun barcha imkoniyatni yaratishga harakat qildik. Eng ishongan, tajribali sharhlovchilarga maydondan sharhlash imkonini berdik.

Mening ham aybim bor, sharhlovchilar ovozini efirga ulash bilan band bo‘lib, e’tibor bera olmay qoldim”, deydi Zohid Karimov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv 3:2 hisobida Qatar jamoasi foydasiga hal bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng ham turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turni Shimoliy Koreyaga qarshi 19 noyabr kuni o‘tkazadi.

Kiritildi: Bugun 11:50. O'qildi: 1250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!