Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda soliq organlarining ayrim huquqlari bekor qilindi

A A A
O‘zbekistonda soliq organlarining ayrim huquqlari bekor qilindi

Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi soddalashtirilishi sabab Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Hukumatning 2021 yil 7 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishda soliq organlarining quyidagi huquqlarini bekor qilish (qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashda (qaytarishda) o‘tkaziladigan kameral soliq tekshiruvlari bundan mustasno):

  • soliq to‘lovchining hududiga kirish;
  • soliq to‘lovchining hududini va binolarini ko‘zdan kechirish;
  • soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
  • soliq to‘lovchining hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.

Kiritildi: 11:42 18.03.2024. O'qildi: 1102 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!