Oliy Majlis Senatida ma’qullangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunining 221-modda energetik ichimliklar reklamasi bilan to‘ldirilmoqda.
Unga ko‘ra, soat 7:00 dan soat 22:00 ga qadar energetik ichimliklarni televideniye va radio orqali reklama qilish taqiqlandi.
Reklama qilish maqsadida energetik ichimliklar namunalarini o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar orasida tekin tarqatish, energetik ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoki tasviri tushirilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o‘yinlarni va shu kabilarni) tarqatish va sotish ham man qilinadi.