Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda sirtqi ta’lim tizimi nega tugatilgani ochiqlandi

O‘zbekistonda sirtqi ta’lim tizimi nega tugatilgani ochiqlandi

Sirtqi ta’lim shakli 2018 yilda qayta joriy etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — mehnat faoliyatini olib borayotgan, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolarga ishdan ajralmagan holda ta’lim olish imkoniyatini yaratish edi. Bu tizim, avvalambor, katta yoshdagi aholi orasida ta’limga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, shu orqali ularning malakasini oshirish va mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qildi.

Sirtqi ta’limning qayta tashkil etilishi natijasida yoshlar va katta yoshdagi aholi orasida oliy ta’lim bilan qamrov sezilarli darajada oshdi. Qator hududlarda ishlab yurgan fuqarolarga ta’lim olish imkoniyati yaratilishi ijobiy ijtimoiy va iqtisodiy natijalar berdi.

Biroq vaqt o‘tishi bilan ushbu shaklda ta’lim olishning samaradorligi, akademik intizom, sifat nazorati va bilimlar chuqurligi, yuqori ta’lim standartlariga rioya qilish bilan bog‘liq muammolar namoyon bo‘ldi.

Ayni shu sabablarga ko‘ra, 2025 yildan boshlab, yurtimizda oliy ta’lim sifatini yanada oshirish, ta’lim jarayonida shogird-ustoz an’analarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarga asoslangan o‘qitish tizimini kuchaytirish maqsadida sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich tugatildi.

Kiritildi: 16:28 16.06.2025. O'qildi: 5443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!