Bugun 17 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda sil va o‘pka kasalliklarini sun’iy intellekt orqali tashxislash yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda sil va o‘pka kasalliklarini sun’iy intellekt orqali tashxislash yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda sil va o‘pka kasalliklarini sun’iy intellekt orqali tashxislash yo‘lga qo‘yildi – SSV.

Respublika ftiziatriya va pulmonologiya markazi “BD MAX” qurilmasi, sun’iy intellekt bilan ishlaydigan mobil rentgenlar va "GeneXpert" uskunalaridan foydalanib, bemorlarga tezkor va ishonchli tarzda tashxis qo‘ymoqda.

SVVga ko‘ra, dorilarga chidamli tuberkulyozning 6 oylik qisqa davolash kurslari joriy etilgan, bu bemorlarni tezroq sog‘aytirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. 2025 yil davomida markazda 12 ta yangi diagnostika va davolash usuli amaliyotga joriy qilingan.

2026 yilda barcha viloyatlarga yana 40 ta sun’iy intellektga asoslangan mobil rentgen uskunalari yetkazilishi va ma’lumotlar yagona elektron reestrga jamlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 19:36. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!