Filmda mashhur tatar olimi, faylasuf Marjanining bolaligi, Buxoro va Samarqanddagi ta’lim yillari hamda ilmiy faoliyati tasvirlanadi.
Suratga olish ishlari Buxorodagi Mir-Arab madrasasida boshlandi. Filmda yosh Marjani rolini Bulat Gataullin ijro etadi. Rejissorlar Ramil Tuxvatullin (Tatariston) va Ilhom Muhammadibrohimov (O‘zbekiston).
Film O‘zbekiston va Tatariston kinostudiyalari hamkorligida yaratilmoqda. Uning premyerasi 2026 yil sentyabr oyida Qozon xalqaro kinofestivalida bo‘lib o‘tadi.