27 oktyabr kuni O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovilarida soat 13:00 holatiga ko‘ra, 19 944 859 nafar saylovchidan 9 948 589 nafari yoki 47,62 foizi ovoz berishda ishtirok etdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Kuchkarovning ma’lum qilishicha, qonunchilikda saylovda saylovchilarning 33 foizi ishtirok etsa, saylov o‘tgan deb topiladi. Shu sabab, bugungi deputatlik saylovlari o‘tgan deb hisoblandi.