Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda salkam 23 mlrd so‘m iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

O‘zbekistonda salkam 23 mlrd so‘m iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

O‘zbekistonda 2025 yilning 3 oyida salkam 23 milliard so‘m iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi. Bu haqda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2025 yil birinchi chorak davomida fuqaro (iste’molchi)lardan jami 4167 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur ariza va shikoyatlarning 3747 tasi, ya’ni 89,9 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 22 764 173 107 so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

Federasiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan, iste’molchilardan tushgan 27 ta murojaat asosida iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga da’vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 4 240 281 175 so‘m moddiy va ma’naviy zararlar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning

  • 1133 tasi (27,2 foizi) – savdo;
  • 1185 tasi (28,4 foizi) – kommunal xizmat;
  • 218 tasi (5,2 foizi) – elektr ta’minoti;
  • 370 tasi (8,9 foizi) – gaz ta’minoti;
  • 193 tasi (4,6 foizi) – xizmat ko‘rsatish (servis);
  • 208 tasi (5,0 foizi) – suv ta’minoti;
  • 85 tasi (2,0 foizi) – transport;
  • 120 tasi (2,9 foizi) – aloqa (va internet);
  • 72 tasi (1,7 foizi) – sog‘liqni saqlash;
  • 583 tasi (14,0 foizi) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.
Kiritildi: 16:16 04.05.2025. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!