Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Toshkent viloyatida 24 yoshli qiz o‘lik holda topildi

Toshkent viloyatida 24 yoshli qiz o‘lik holda topildi

2025 yil 10 may kuni Qibray tumani "Botanika" MFY Botanika Vir ko‘chasi 65-uyda yashovchi 24 yoshli qiz o‘z uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, 2025 yilning 2 iyun kuni Qibray tumani “Soxibkor” MFY Ifor ko‘chasidagi 11-sonli GESning ahlat yig‘iladigan kovushidan qizning murdasi tan jarohatlarsiz topildi.

Qayd etilishicha, qizning o‘limi yuqori nafas yo‘llarini suyuqlik (suv) bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lganligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qibray tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Kiritildi: 21:27 03.06.2025. O'qildi: 3109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!