Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda «rastamojka»ni ikki baravarga arzonlashtirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda «rastamojka»ni ikki baravarga arzonlashtirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonga import qilinayotgan avtomobillarning davlat boji — «rastamojka» stavkalarini ikki baravarga pasaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda «O‘zavtosanoat» vakili Rustam Qodirov Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Adolat» sosial-demokratik partiyasi fraksiyasining transport vositalari uchun utilizasiya yig‘imi joriy etishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishida ma’lum qilgan.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, utilizasiya to‘lovlarning joriy qilinishi «xalqimiz va iste’molchilarni o‘ylantirayotganidek, narxlar oshishiga olib kelmaydi».

«Bu yig‘imni mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchilarimiz lokalizasiyani kengaytirish, ichki zaxiralarni ishga solish orqali o‘z bo‘yniga oladi.

Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun ham alohida yondashilmoqda. Jumladan, hozirda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlangan bo‘lib, unga ko‘ra mamlakatimizga import qilinayotgan avtomobillarga davlat boji stavkalari ikki baravarga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan ko‘rinib turibdiki, utilizasiya yig‘imini joriy etish o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan avtomobillar narxiga hech qanday ta’sir qilmaydi», — deydi «O‘zavtosanoat» vakili Rustam Qodirov.

Kiritildi: 11:45 10.09.2019. O'qildi: 4380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!