Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda qoidabuzar haydovchilarni haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish taklif etildi

O‘zbekistonda qoidabuzar haydovchilarni haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish taklif etildi

Ichki ishlar vazirligi qoidabuzarliklar uchun jazoni kuchaytirish tashabbusi bilan chiqdi.

Agar haydovchi bir oy ichida 10 marta quyidagi qoidabuzarliklarni sodir etsa:
➖ 40–60 km/soatdan ortiq tezlikni oshirsa;
➖ qizil chiroqdan o‘tsa;
➖ qarshi yo‘lga chiqsa yoki avariyali holat yaratsa, u holda haydovchi 6 oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinadi.

Vazirlikka ko‘ra, bu chora harakat qoidalariga rioya etilishini kuchaytiradi va og‘ir YTHlarning oldini oladi.

🗓 Loyiha muhokamasi 25 sentyabrgacha davom etadi.

Kiritildi: 17:10 11.09.2025. O'qildi: 714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!