Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda pochta va kuryerlik xizmatlari hajmi 4,2 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda pochta va kuryerlik xizmatlari hajmi 4,2 trln so‘mga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda pochta va kuryerlik xizmatlari hajmi 4,2 trln so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,2 foizga oshgan. Xizmatlar hajmining eng katta qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Poytaxtda olti oyda 2,3 trln so‘mlik pochta va kuryerlik xizmatlari ko‘rsatilgan. Bu ko‘rsatkich ikkinchi o‘rindagi Samarqand viloyati natijasidan qariyb 5 barobar yuqori.

Samarqand viloyatida xizmatlar hajmi 462,2 mlrd so‘m, Farg‘onada 300,6 mlrd so‘m, Toshkent viloyatida 289,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Qashqadaryo viloyatida pochta va kuryerlik xizmatlari hajmi 260,4 mlrd so‘mga yetgan. Andijonda bu ko‘rsatkich 167,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Namanganda 112,1 mlrd so‘m, Xorazmda 55,8 mlrd so‘m, Surxondaryoda 54,3 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.

Buxoro viloyatida xizmatlar hajmi 49,6 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 44,4 mlrd so‘m, Sirdaryoda 37,8 mlrd so‘m bo‘lgan.

Navoiy viloyatida 33,5 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida esa 32,3 mlrd so‘mlik pochta va kuryerlik xizmatlari ko‘rsatilgan.

Kiritildi: 16:15 25.08.2026. O'qildi: 373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!