AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Rossiyani yangi safarbarlik e’lon qilishdan qaytarish maqsadida Moskvaga tashrif buyurgan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Nashrning Amerika razvedkasi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, Rossiya NATOning ehtimoliy qurolli keskinlikka qay darajada tayyor ekanini sinab ko‘rish maqsadida yangi safarbarlikka hozirlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, MRB rahbarining Moskvaga tashrifidan asosiy maqsadlardan biri Rossiya prezidenti Vladimir Putinni bunday qadamning salbiy oqibatlaridan ogohlantirish bo‘lgan.
Shuningdek, tashrif davomida AQSh va Eron o‘rtasidagi urushni to‘xtatish imkoniyatlari hamda Moskvaning Tehronni qo‘llab-quvvatlashi masalasi muhokama qilingan bo‘lishi mumkin.