O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Ispaniyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Sergey Chigodayev shogirdlariga Urugvay o‘smirlar terma jamoasi raqiblik qildi.
Albir shahrida kechgan bahs Janubiy Amerika vakillarining ustunligi bilan yakunlandi. Urugvay U-17 jamoasi O‘zbekiston darvozasiga uchta javobsiz gol urib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Vakillarimiz uchrashuvni Shomurodov, Olimov, Mamatov, Erkinov, Ravshanov, Anvarov, Orifxonov, Abdunabiyev, Uktamboyev, Abduraimov va Rahimovdan iborat tarkibda boshladi.
Bahs davomida Sirojiddinov, Abdisoliyev, Abdullayev, Tohirov, Murodov, Eshpo‘latov, O‘ktamov, Marupov, Tolibjonov hamda Xayrullayev zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Chigodayev shogirdlarini Ispaniyadagi yig‘inda yana bir jiddiy sinov kutmoqda. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 27 avgust kuni mezbon Ispaniya U-17 jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Urugvay U-17 — O‘zbekiston U-17 — 3:0