Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda pasport yoki ID-kartani yo‘qotib qo‘yganlik uchun jarima bekor qilinadi

O‘zbekistonda pasport yoki ID-kartani yo‘qotib qo‘yganlik uchun jarima bekor qilinadi

O‘zbekistonda pasport yoki ID-kartani yo‘qotib qo‘yganlik uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinib, faqat qo‘shimcha davlat boji undirish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Prezidentning 15 iyuldagi qarorida ko‘zda tutilgan.

“Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi hamda Adliya vazirligi 2026 yil oktyabriga qadar pasport, ID-karta yoki xorijga chiqish pasportini yo‘qotib qo‘yganda yoki yaroqsiz holga keltirganda ma’muriy javobgarlikka tortmasdan, qo‘shimcha miqdorda davlat boji to‘lash orqali yangi hujjatni rasmiylashtirib berish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.
Ya’ni bu haqda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi ishlab chiqiladi.

ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasportini yo‘qotganlik, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun javobgarlik 2022 yilning mart oyida belgilangandi. Bunday harakat BHMning ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘lardi.

Kiritildi: 14:55 16.07.2026. O'qildi: 1390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!