O‘zbekistonda parlament saylovi yuqori darajada o‘tkazildi
Oliy sud raisi o‘rinbosari Shuhrat Polvonov shunday bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakat fuqarolarining huquqiy ongi o‘sgani va saylov yaxshi tashkillashtirilgani bilan bog‘liq.
Polvonov bir kun avval mamlakat sudlariga saylovga aralashish bo‘yicha hech qanday murojaat kelib tushmaganini ma’lum qilgandi.