Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini takomillashtirish nazarda tutilmoqda. Xususan:
🔵madaniy tadbirlar, ko‘ngilochar-tomosha dasturlari va sport musobaqalariga kirish chiptalari elektron shaklda sotiladi (ochiq maydonlardagi ayrim tadbirlar bundan mustasno);
🔵chiptalarni belgilangan narxdan yuqori narxlarda qayta sotish, qalbakilashtirish va ulardan takroran foydalanishning oldi olinadi;
🔵ochiq maydonlarda doimiy o‘rindiqlarsiz o‘tkaziladigan tadbirlarda, qoida tariqasida, har bir kvadrat metrga ko‘pi bilan bir nafar ishtirokchi to‘g‘ri kelishi mezoni qo‘llaniladi;
🔵belgilangan taqiqlarni buzgan shaxslarning ommaviy tadbirlarga kirishi sud tomonidan vaqtincha cheklanishi mumkin;
🔵2027 yildan ommaviy tadbirlarga kirishi vaqtincha cheklangan shaxslarning elektron hisobi yuritiladi;
🔵shaxsini aniqlash imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda tadbirda bo‘lish taqiqlanadi (belgilangan istisnolar bundan mustasno);
🔵ommaviy tadbirlarda fuqarolar oqimi, ishtirokchilar soni va odamlar zichligini nazorat qilish uchun dronlardan foydalaniladi;
🔵fuqarolarni bepul mahsulotlar tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxlarda sotish orqali ommaviy tadbirlarga jalb qilish taqiqlanadi;
🔵tadbir o‘tkaziladigan ob’ektlarning xavfsizlik talablariga muvofiqligi yiliga kamida bir marta tekshiriladi;
🔵ichki ishlar, Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar va sog‘liqni saqlash organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmatlari pulli asosda amalga oshiriladi (belgilangan istisnolar mavjud);
🔵saylovoldi tashviqoti bilan bog‘liq ommaviy tadbirlar va ko‘chma sirk tomoshalari uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi. Bunda vakolatli organ kamida 10 ish kuni oldin xabardor qilinadi.