Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda ombudsmanga prezident, hukumat va parlamentga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqi beriladi

O‘zbekistonda ombudsmanga prezident, hukumat va parlamentga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqi beriladi

Senat 23 oktyabrdagi yalpi majlisda ombudsman to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonunni ma’qulladi. Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 17 sentyabr kuni qabul qilingandi.

Mazkur qonun yangilangan konstitusiyaga mos ravishda mamlakatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni to‘laqonli ta’minlash va kuchaytirishni nazarda tutuvchi bir qator o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan.

Xususan, ombudsmanga O‘zbekiston prezidentiga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqi beriladi. Maxsus ma’ruza insonning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash bo‘yicha xulosa yoki takliflardan iborat bo‘ladi.

Qonun bilan ombudsmanning qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish huquqi joriy etilmoqda. Shuningdek, ombudsman va uning o‘rinbosari vakolatlari, daxlsizligining qo‘shimcha kafolatlari ham joriy etilib, ularga yuklatilgan vazifalarning muammosiz va samarali bajarilishi qonunda mustahkamlanmoqda.

Qonunda saylanish kuni 30 yoshga to‘lgan, kamida 5 yil O‘zbekistonda muqim yashayotgan O‘zbekiston fuqarosi ombudsman lavozimiga saylanishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari hududida “Ombudsman qutisi” tushunchasi kiritilib, unga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar murojaat qilishining huquqiy mexanizmi belgilanmoqda.

Kiritildi: 15:00 23.10.2024. O'qildi: 358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!