Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda nosvoyni taqiqlash bo‘yicha petisiya e’lon qilindi

A A A
O‘zbekistonda nosvoyni taqiqlash bo‘yicha petisiya e’lon qilindi

«Mening fikrim» ommaviy murojaatlar portali qisqa vaqt ichida takliflarga to‘lib, ommabopligi oshib bormoqda. Quyida bir fuqaro O‘zbekiston hududida nosvoyni taqiqlash fikrini bildirgan va buning uchun asoslarini keltirgan.

Uning yozishicha, nos chekishning inson organizmi uchun zararlari juda ko‘p. Nosvoy tarkibidagi tamaki tufayli tishlar qorayadi va asta-sekin to‘kila boshlaydi. Nosvoydagi ishqor tufayli yuqori va pastki lablarda yallig‘lanish va abssess hosil bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, til osti saratoni yuzaga kelish xavfi, lablar va og‘iz bo‘shlig‘ida turli o‘smalar paydo bo‘lish ehtimoli yuqori. Ichak infeksiyalari, virusli gepatit kabi kasalliklar yuqish xavfi bor. Bundan tashqari, oshqozon yaralari va saratoni yuzaga kelishi mumkin.

Muallif shu asoslarni keltirib, O‘zbekiston Respublikasi hududida nosvoyni taqiqlash bo‘yicha tezkor me’yoriy-huquqiy hujjatlar tayyorlashni taklif etgan.

Xabar.uz

Kiritildi: 07:02 15.05.2018. O'qildi: 1993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik