Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda nega bolalar "COVID-19"ga qarshi emlanmayapti?

A A A
O‘zbekistonda nega bolalar "COVID-19"ga qarshi emlanmayapti?

Nima uchun bolalar koronavirusga qarshi emlanmaydi? Bu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Botir Qurbonov javob berdi.

Koronavirusni yuqtirish holati bolalarda ham uchramoqda, ammo nega ularni emlash tavsiya etilmayapti?

— Bolalar o‘rtasida ham kasallanish holatlari kuzatilayotgan bo‘lsa-da, dunyo olimlari, nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yaratilayotgan vaksinalardan bolalar o‘rtasida foydalanish mumkinligi hozircha tasdiqlanmagan.

Ayni paytgacha tayyor bo‘lgan yoki JSST tomonidan favqulodda holatlarda foydalanishga ruxsat etilgan vaksinalar bilan bolalarni emlash hozircha ko‘zda tutilmagan. Shuning uchun 1 apreldan boshlangan emlash tadbirlarida 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlash tavsiya etilmayapti, – deydi Botir Qurbonov.

Aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan boshlandi. O‘zbekistonda bugungi kunda 1 million 660 ming doza vaksina bor. Ularning 660 ming dozasi COVAX jamg‘armasi tomonidan olib kelingan AstraZeneca vaksinasi, 1 million dozasi — O‘zbekiston—Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001  vaksinasi.

Aholini ushbu vaksinalar bilan emlash bir paytning o‘zida amalga oshiriladi. Bunda emlanuvchi birinchi emlanishni qaysi vaksina bilan boshlasa, ikkinchisini ham aynan o‘sha vaksina bilan yakunlaydi. AstraZeneca vaksinasi bilan 2 marotaba, ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan 3 marotaba emlash ko‘zda tutilmoqda. Ya’ni vaksinasiya ikki xil vaksinada ikki xil amalga oshiriladi 

Kiritildi: 18:50 04.04.2021. O'qildi: 2591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!