Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda ma’muriy sudlar faoliyati kuchaymoqda — I-chorak tahlili

O‘zbekistonda ma’muriy sudlar faoliyati kuchaymoqda — I-chorak tahlili

Joriy yilning I-choragida ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 4 180 ta ish ko‘rib chiqildi. Buning natijasida 1 649 ta fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklandi.

Hisobot davrida ma’muriy va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mansabdor shaxslarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi 1 877 ta ish ko‘rib chiqildi. Xususan, hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ko‘rib tamomlangan ishlar soni 515 tani tashkil qilib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning 178 ta arizasi qanoatlantirilgan.

Viloyat va unga tenglashtirilgan ma’muriy sudlar tomonidan apellyasiya tartibida 768 ta ish ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 105 ta qaror bekor qilinib, 4 ta qaror o‘zgartirildi. Kassasiya tartibida 312 ta ish ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 50 ta qaror bekor qilinib, 5 ta qaror o‘zgartirildi. Taftish tartibida 357 ta ish ko‘rib chiqildi. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 21 ta qaror bekor qilinib, 2 ta qaror o‘zgartirildi.

Oliy sudning Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 524 ta shikoyat va protest o‘rganib chiqilib, shundan 59 tasi ish materiallari asosida ko‘rib chiqildi. Natijada quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning 38 tasi bekor qilindi.

Kiritildi: 19:06 13.05.2025. O'qildi: 465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!