Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Taktik yadro quroli: Rossiya MiG va Su samolyotlariga yangi raketa o‘rnatmoqda

Taktik yadro quroli: Rossiya MiG va Su samolyotlariga yangi raketa o‘rnatmoqda

Rossiya taktik yadro zaryadli yangi boshqariladigan aviasiya raketasini joriy etmoqda.

Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasining hisobotiga asoslanib, The War Zone xabar berdi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, bunday raketalar MiG va Su turidagi qiruvchi samolyotlarga o‘rnatilmoqda. Rossiya yangi imkoniyatlar, jumladan, "havo-havo" toifasidagi yadro raketalari va yangi yadro tizimlarini qo‘shish orqali o‘zining yadro kuchlarini kengaytirmoqda.

AQSh razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi taxminan 1550 ta joylashtirilgan strategik jangovar qurol va 2 minggacha nostrategik jangovar qurollarni saqlaydi. Shuningdek, Belarusda yadro kuchlarini kengaytirib, yadro qurollarini saqlash joylarini yaratmoqda va qayta qurmokda, Belarus ekipajlarini taktik yadro qurollaridan foydalanishga o‘rgatmoqda.

Kiritildi: 22:05 22.05.2025. O'qildi: 1027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!