2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ko‘p kvartirali uylar soni 46 ming 476 tani tashkil etadi. Shundan, besh qavatli va undan yuqori bo‘lgan uylar 12 ming 604 tani yoki jami ko‘p kvartirali uylarning 27,1 foizini tashkil qiladi.
2024 yil davomida esa respublika bo‘yicha 2044 ta ko‘p kvartirali uy foydalanishga topshirilgan. Bu uylar orqali 100 ming 264 ta yangi xonadon aholiga taqdim etilgan.