Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha qaysi vazirliklar yetakchi ekani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha qaysi vazirliklar yetakchi ekani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda korrupsion jinoyatlarga qarshi olib borilgan faol ishlar natijasida 2021 yilda respublika bo‘yicha 3 769 ta korrupsiyaga oid jinoyat ishi sudlarga yuborilgan. Ushbu jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln 282 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 3 baravarga oshgan. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Aksariyat korrupsiyaga oid jinoyatlar Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamda bank tizimi tashkilotlariga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida Toshkent shahri, Surxondaryo, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng yomon ko‘rsatkichlar qayd etilganligi tanqid qilindi.

Kiritildi: 16:56 03.08.2022. O'qildi: 2972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!