Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda karantin bosqichma-bosqich bekor qilinadi

O‘zbekistonda karantin bosqichma-bosqich bekor qilinadi

Bugun Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Senat raisi Tanzila Norboyeva koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi:

«Hozirgi qiyinchiliklar albatta o‘tadi. Pandemiya ham barham topadi. Biroq kelgusida bu kabi qiyinchiliklar bo‘lmaydi deb hech kim kafolat bera olmaydi. Shunday ekan, barcha sohalardagi tartib-taomillarni mana shunday sharoitlarga moslashtirishimiz zarur deb hisoblaymiz.

Endilikda karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi keng targ‘ibot ishlarini kuchaytirishimiz, kasallikka chalinganlarni ishlab chiqilgan protokollar asosida davolash bilan birga normal hayotga qaytarishimiz, ya’ni iqtisodiyotimizni rivojlantirishimiz zarur».

Kiritildi: 11:01 07.08.2020. O'qildi: 12521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!