Bu haqda NBC News xabar berdi.
Erondagi urush fonida Qo‘shma Shtatlarning qurol-yarog‘ va o‘q-dori zaxiralari sezilarli darajada kamayib ketdi.
"Tomahawk", "Patriot", "Precision Strike" — bularning barchasi uchun volfram zarur. Biroq 2015 yildan beri AQShda birorta ham faol tijoriy kon mavjud emas.
Volfram qazib olish va uni qayta ishlash bo‘yicha dunyoda Xitoy yetakchi hisoblanadi. Telekanalning qayd etishicha, u jahon zaxirasining 80 foizdan ortig‘ini ishlab chiqaradi va yarmidan ko‘pini o‘zi iste’mol qiladi.