Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Bu hali “yakuniy natija emas”

Bu hali “yakuniy natija emas”

AQSh davlat kotibi Eron bilan ehtimoliy kelishuv bo‘yicha muzokaralarda “sezilarli yutuqlar”ga erishilgani, ammo bu hali “yakuniy natija emasligi”ni bildirdi.

Marko Rubio Qo‘shma Shtatlarning “Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerakligi” haqidagi pozisiyasini yana bir bor tasdiqladi va Donald Tramp bunga rozi bo‘lishi mumkinligi haqidagi variantni “absurd” deb atadi.

Davlat departamenti rahbari, shuningdek, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha yaxshi xabarlarga ishora qilib, "So‘nggi 48 soat ichida erishilgan taraqqiyot sababli bo‘g‘oz bojlarsiz harakat uchun to‘liq ochilishi mumkin", dedi.

Shu bilan birga, u AQSh urushni to‘xtatish uchun diplomatik kanallarni afzal ko‘rishini aytdi.

Biroq Rubio hali ustida ish olib borilishi kerak bo‘lgan masalalar borligini ta’kidladi va shu bilan birga, Trampning keyingi bayonotlarni kutish lozimligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: Bugun 17:11. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!