Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda ishsizlik 5,1 foizga tushdi va norasmiy mehnat ulushi qisqardi

O‘zbekistonda ishsizlik 5,1 foizga tushdi va norasmiy mehnat ulushi qisqardi

Ish bilan ta’minlanganlar soni ortgani va norasmiy sektor ulushining qisqarishi mehnat bozoridagi ijobiy o‘zgarishlardan darak bermoqda.

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 2025 yilning birinchi yarmida sezilarli ravishda pasayib, 5,1 foizni tashkil etdi. Bu haqda Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

2025 yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatda mehnatga layoqatli aholi soni 20,3 mln kishiga yetdi. Ularning 15,4 millioni iqtisodiy jihatdan faol, shundan 14,6 mln kishi ish bilan band hisoblanadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyi yakuniga ko‘ra 781,6 ming kishi ishsiz sifatida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davridagi 5,8 foiz va ikki yil oldingi 8,1 foiz darajasidan ancha past.

Hisobot davrida ish bilan ta’minlanganlar tarkibida rasmiy mehnat ulushi oshgan. Jami 8 mln kishi (55 foiz) rasmiy ishga joylashgan bo‘lsa, 4,8 mln kishi (33 foiz) norasmiy sektorda mehnat qilmoqda. Shu bilan birga, 1,8 mln o‘zbekistonlik xorijda ishlab kelmoqda. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, rasmiy mehnat joylari 19 foizga ko‘paygan, norasmiy mehnat esa 13,6 foizga kamaygan.

Norasmiy sektorning yuqori ulushi qishloq xo‘jaligida (60 foiz) va qurilish sohasida (41 foiz) qayd etilmoqda. Biroq so‘nggi yetti yilda umumiy norasmiy ish o‘rinlari ulushi 60 foiz dan 38 foizgacha tushgan. Ekspertlarning fikricha, asosiy sabab — ish beruvchilar uchun rasmiy mehnat shartlaridagi xarajatlarning yuqoriligi.

Markaziy iqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Obid Hakimov ma’lum qilishicha, prezident topshirig‘iga ko‘ra rasmiy ish joylaridagi xarajatlarni qisqartirish, ishga olish va ishdan bo‘shatish jarayonlarini soddalashtirish hamda mavsumiy ishchilar bilan samarali shart-sharoit yaratish choralari ko‘riladi.

Kiritildi: 17:15 18.08.2025. O'qildi: 659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!