O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbari Akmal Jumanazarov AQShning UL Standards & Engagement (ULSE) tashkiloti vise-prezidenti Sonya Bird bilan uchrashdi.
Suhbat davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni AQSh bozoriga chiqarish, standartlar, sinov va sertifikatlar masalalari muhokama qilindi.
Ayniqsa, elektr texnikasi, kabel, alyuminiy panellar, antifriz, havo filtrlari, AUS32 mahsulotlari, yuqori kuchlanishli simlar va vitrinali sovutgichlar ishlab chiqaruvchilarda UL standartlariga qiziqish yuqori ekani aytildi.
Shuningdek, mutaxassis tayyorlash va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni kuchaytirish va hamkorlik dasturini imzolashga kelishib oldi.