Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda internet tezligi juda past: bu bartaraf etiladimi?

O‘zbekistonda internet tezligi juda past: bu bartaraf etiladimi?

Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot kotibi Feruza Madrahimova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Karantin davrida maktab o‘quvchilariga va talabalarga masofadan ta’lim berilmoqda? Inspeksiya tomonidan masofaviy ta’limning sifati qanday nazorat qilinmoqda?

Inspeksiya Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda masofaviy ta’limning tashkil etilishi monitoringini olib bormoqda.

Ushbu jarayonda keng jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Inspeksiyaning @edumonitoring_bot telegram boti ishga tushirilgan.

Mazkur telegram bot orqali ota-onalar maktab va OTMlarda masofaviy o‘qitishning sifati, uni tashkil etish hamda hududlardagi muammo va qiyinchiliklar bo‘yicha xabar va takliflar berishmoqda.

Misol uchun, olis hududlarda yashovchi ko‘pchilik talabalar internet tezligi pastligi, elektr uzilishlari sababli masofaviy ta’lim tizimidan samarali foydalana olishmayotganliklarini ma’lum qilishgan. Ayni paytda hamkor vazirliklar va mahalliy hokimliklar bilan masofaviy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 16:05 24.04.2020. O'qildi: 4009 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!