Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadigan OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadigan OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadigan top-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxatini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan 2025 yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat 2025 yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.

Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikasiya qilinadi).

Kiritildi: 10:31 26.01.2025. O'qildi: 953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!