Ma’lum qilinishicha, Telegram asoschisi Toncoin (TON) kriptovalyutasini qonuniylashtirish va Wallet'ga (Telegram hamyoniga) kirishni ochish masalasini hal qilish uchun O‘zbekistonga uchib kelgan.
OAV xabarlariga ko‘ra, TON O‘zbekistondagi birinchi qonuniy kriptovalyutaga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, milliy to‘lov tizimlari bilan integrasiyalashgan mamlakatdagi birinchi Telegram banki haqida e’lon qilinishi kutilmoqda.