O‘zbekistonda videolarga layk bosish va izoh yozish orqali pul ishlashni va’da qilgan XSM platformasi bo‘yicha surishtiruv harakatlari boshlandi.
Bu tizimga qo‘shilish uchun foydalanuvchilardan depozit qo‘yish talab qilinib, mablag‘lar shu orqali shakllanadi. Ayni paytda ayrim ichki ishlar xodimlari ham ushbu platformani targ‘ib qilgani aytilmoqda.
Hozirda noqonuniy moliyaviy faoliyat va fuqarolarga yetkazilgan zarar holatlari o‘rganilmoqda. Shuningdek, IIO xodimlarining ishtiroki bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.