Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda gepatit “S” virusiga qarshi dori vositasi ishlab chiqarilishi mumkin

O‘zbekistonda gepatit “S” virusiga qarshi dori vositasi ishlab chiqarilishi mumkin

Joriy yilda Misr tajribasi asosida Kitob tumanida 5 gektardan 100 tonna “super-super elita” kartoshka urug‘ligi olindi. Ushbu davlatdagi elchimiz o‘tkazgan muzokaralar natijasida misrlik investorlar buni 1 ming gektarga yetkazishga tayyor.

Misr kompaniyalaridan biri Tuproqqal’ada 2 ming gektar cho‘lni foydalanishga kiritish va pivot uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish taklifini bergan. Yana bir yirik kompaniyasi gepatit “S” virusiga qarshi dori vositasini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish tashabbusini bildirgan.

Mutasaddilarga ushbu loyihalarni boshlash topshirildi.

Umuman, yangi eksport yo‘nalishi sifatida 50 dan ortiq davlatga ega, iqtisodiyoti 3 trillion dollarga teng bo‘lgan Afrika qit’asi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Tashqi ishlar, Investisiya, sanoat va savdo vazirliklari, Misr va Qatardagi elchilarga tegishli “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash topshirildi.

Kiritildi: Bugun 17:44. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!