Bugun 18 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda farzand tug‘ilganda otalarga ham ta’til berish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda farzand tug‘ilganda otalarga ham ta’til berish rejalashtirilmoqda

Parlament quyi palatasiga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida ishlayotgan erkaklar farzandli bo‘lganda, turmush o‘rtog‘iga yordam berish va boshqa farzandlariga qarab turishi uchun qisqa muddatli ta’tilga chiqishi bilan bog‘liq me’yorlar taklif etilmoqda.

“Oilada farzand dunyoga keladigan bo‘lsa, erkaklarga ham farzand dunyoga kelganidan keyin bir oy ichida rafiqasiga ko‘maklashishi uchun 5 kun davomida oyligi saqlangan holda ta’til olish imkoniyati berilyapti”, deydi deputat Nodir Tilavoldiyev ushbu qonun loyihasi haqida.

Uning ta’kidlashicha, buni mamlakatda gender sohasi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi deb hisoblasa bo‘ladi.

Shu kunga qadar milliy qonunchilikda bunday ta’til nazarda tutilmagan edi. Shu sababli erkaklar kasbiy va oilaviy majburiyatlarini uyg‘un tarzda amalga oshirishga qiynalgan yoki o‘z hisobidan ta’til olishga majbur bo‘lgan.

Qonun loyihasi bilan, shuningdek, mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish, tazyiq va zo‘ravonlikni taqiqlash prinsiplari takomillashtirilmoqda. Ya’ni mehnat jarayonida boshqa xodimga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki tahdid qilgan xodimni ish beruvchi tashabbusi bilan boshqa ishga o‘tkazish yoki ishdan bo‘shatish amaliyoti qo‘llanilishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari ro‘yxatiga kiritilib, davlat tomonidan ularni ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar ta’minlanishi belgilanmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:54. O'qildi: 346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!