Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda elektron sigaretalar butunlay taqiqlanishi ma’qullandi

O‘zbekistonda elektron sigaretalar butunlay taqiqlanishi ma’qullandi

Senatning 30 apreldagi yalpi majlisida O‘zbekistonda elektron sigaretalar butunlay taqiqlanishi ko‘zda tutilgan qonun ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ba’zi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining muomalasiga doir talablarni yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan Jinoyat kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan, elektron sigaretalarni va ular uchun suyuqliklarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek, olib kirish va olib chiqish uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Senat matbuot xizmatining bildirishicha, ushbu qonun nafaqat aybdor shaxslarni jazolashga qaratilgan, balki sodir etgan noqonuniy harakatlari to‘g‘risida o‘z ixtiyori bilan hokimiyat organlariga arz qilgan va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topshirgan shaxslarni javobgarlikdan ozod qilish ham nazarda tutilgan.

Senatorlarning ta’kidlashicha, qonun aholining hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishga, millat genofondini saqlashga hamda atrof muhitni tamaki va nikotin mahsulotlarining yangi turlaridan muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Milliy tiklanish partiyasi 2021 yildayoq elektron sigaretalarni cheklashni taklif qilgandi.

“Dunyoning 32 mamlakatida elektron sigaretalar cheklangan ekan, nima uchun biz cheklamasligimiz kerak? Mutaxassislar uning genofondga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini aytmoqda. Partiyamiz ham ushbu masalani muntazam ko‘tarib keladi”, degan edi Alisher Qodirov.

Kiritildi: 12:44 30.04.2025. O'qildi: 516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!