Bugun 30 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda elektromobillar akkumulyatorlari uchun utilizasiya yig‘imi joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda elektromobillar akkumulyatorlari uchun utilizasiya yig‘imi joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda 2025 yildan elektromobillar akkumulyatorlari uchun utilizasiya yig‘imi joriy etish taklif qilinmoqda. Bu haqda 28 oktyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda vazir o‘rinbosari Ahadbek Haydarov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Spot.

To‘lovni tayyor mahsulotlarni import qiluvchilardan yoki mahalliy akkumulyator ishlab chiqaruvchilardan undirish rejalashtirilgan.

Shunday qilib, yangi soliq elektromobillar egalariga, shuningdek, avtomobillarni tayyor holda olib kiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga taalluqli bo‘lmaydi, deya ta’kidladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Agar soliq qo‘llanilsa, u batareyaning quvvatiga qarab o‘zgaradi. Yengil elektromobillar uchun to‘lov 5 mingdan 10 ming so‘mgacha, elektr yuk mashinalari uchun esa 370 ming so‘mgacha bo‘ladi.

Natijada Iqtisodiy moliya vazirligi 14 milliard so‘mga yaqin mablag‘ yig‘ishni kutmoqda. Keyinchalik olingan mablag‘larni Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:13. O'qildi: 625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!