Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha qariyb 2 ming kishiga oshmoqda

A A A
O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha qariyb 2 ming kishiga oshmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan.

Respublikamizning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.

Mamlakatimiz aholisi 2023 yil boshidan buyon 172,8 ming kishiga ko‘paygan.

O‘zbekiston aholisi 2023 yilning har bir oyida o‘rtacha 57,6 ming kishiga oshgan.

2023 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga ko‘paymoqda.

Kiritildi: 09:10 12.04.2023. O'qildi: 1910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!