Senatorlar ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan qonunni ma’qulladi.
Unga ko‘ra:
🔹 «diniy ekstremizm» atamasi «ekstremizm» tushunchasi bilan almashtiriladi;
🔹 ekstremizm, separatizm va fundamentalizmga oid ayrim harakatlar birinchi marta sodir etilganda ma’muriy javobgarlik qo‘llanadi;
🔹 jinoiy javobgarlik asosan ma’muriy jazodan keyin takroran sodir etilgan holatlarda yuzaga keladi;
🔹 taqiqlangan tashkilotlarni tashkil etish, ularga rahbarlik qilish va ishtirok etish uchun jazo choralari tabaqalashtiriladi;
🔹 huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘z vaqtida xabar berib, og‘ir oqibatlarning oldini olishga ko‘maklashgan shaxs ayrim hollarda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.