Bugun 14 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Markaziy Osiyoda "black out"

Markaziy Osiyoda "black out"

Markaziy Osiyoda black out: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning ayrim hududlarida elektr energiyasi o‘chdi.

​14 avgust kuni kunduzi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning bir qator hududlarida ommaviy ravishda chiroq o‘chdi.

Qozog‘istonda uzilishlar Olmaota shahri, Olmaota va Jetisu viloyatlari, shuningdek, Chimkentga ta’sir ko‘rsatdi.

​Ta’kidlash joizki, bugun Olmaotaning Bostandiq tumanida joylashgan Markaziy stadionda amerikalik reper Kane Uestning konserti bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

​Elektr energiyasidagi uzilishlar haqida Bishkek aholisi ham xabar berdi. "Kaktus Media" ma’lumotlariga ko‘ra, soat 15:00 dan boshlab Qirg‘iziston poytaxtining turli tumanlari aholisi chiroq o‘chishi va uzilishlardan shikoyat qila boshlagan.

​Shuningdek, Dushanbe va Tojikistonning boshqa hududlaridan ham chiroq o‘chgani haqida xabarlar kelib tushdi. Aholi deyarli bir vaqtda chiroq to‘satdan o‘chib qolganini ma’lum qildi.

​Pressa uz nashrining yozishicha, O‘zbekistonda avariyaga qarshi avtomatik tizim ishga tushishi oqibatida deyarli butun Surxondaryo viloyati elektrsiz qolgan. Uzilishlar mamlakatning boshqa viloyatlaridagi ayrim tumanlarda ham qayd etilgan.

Kiritildi: Bugun 20:50. O'qildi: 616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!