Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda “dacha”lar xatlovdan o‘tkazilib, ijara narxlari nazoratga olinishi kutilmoqda

O‘zbekistonda “dacha”lar xatlovdan o‘tkazilib, ijara narxlari nazoratga olinishi kutilmoqda

Bu bo‘yicha Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, Turizm va Soliq qo‘mitalari 2026 yil yakuniga qadar “dacha”larni to‘liq xatlovdan o‘tkazishi va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona platformaga kiritishi ko‘zda tutilgan.

2027 yil 1 yanvardan esa “dacha”lar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning narxini Milliy turizm yagona platformasiga doimiy kiritib borishni majburiy qilish rejalashtirilmoqda.

Qaror loyihasiga ko‘ra, turistik dala hovlilarda xizmat ko‘rsatish uchun alohida lisenziya yoki ruxsatnoma olish talab etilmaydi. Biroq platformaga kiritilmagan va noqonuniy faoliyat yuritgan ob’ektlarga jarima solinadi. Bu haqda xabar berganlarga undirilgan jarimaning 30 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

Kiritildi: 23:55 27.04.2026. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!