Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda chipta narxi oshirilmaydigan mahalliy poyezd yo‘nalishlari ma’lum qilindi

A A A
O‘zbekistonda chipta narxi oshirilmaydigan mahalliy poyezd yo‘nalishlari ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2024 yil 20 yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tezyurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foizga oshayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” chipta narxlari o‘zgarmaydigan mahalliy yo‘nalishlarni ham ma’lum qildi.

  • 54/53-sonli Toshkent—Qo‘ng‘irot—Toshkent yo‘nalishi;
  • 56/55-sonli Toshkent—Xiva—Toshkent yo‘nalishi;
  • 58/57-sonli Toshkent—Shovvot—Toshkent yo‘nalishi;
  • 72/71-sonli Toshkent—Olot—Toshkent yo‘nalishi;
  • 80/79-sonli Toshkent—Termiz—Toshkent yo‘nalishi;
  • 82/81-sonli Toshkent—Sariosiyo—Toshkent yo‘nalishi;
  • 125/126-sonli Andijon—Xiva—Andijon yo‘nalishi;
  • 95/94-sonli Andijon—Toshkent—Andijon yo‘nalishi;
  • 129/130-sonli Andijon—Termiz—Andijon yo‘nalishi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temiryo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tish amalga oshirilgan.

Kiritildi: 09:27 06.01.2024. O'qildi: 1341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!