Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda bolalar onkologiyasi bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yagona akademik markaz tashkil etiladi

O‘zbekistonda bolalar onkologiyasi bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yagona akademik markaz tashkil etiladi

Xab O‘zbekistondagi Bolalar onkogematologiya markazi negizida tashkil etiladi . Bu yerda xorijdan yuqori malakali mutaxassislar ishlab, viloyat shifokorlari bolalardagi onkologik kasalliklarni dastlabki bosqichda aniqlash bo‘yicha xalqaro standartlar asosida malaka oshiradilar.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda bolalardagi onkogematologik kasalliklarning yarmidan ko‘pi oxirgi bosqichlarda aniqlanadi. Shu munosabat bilan bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha besh yillik dastur qabul qilingan bo‘lib, unga kamida 110 million dollar ajratiladi.

Shuningdek, joylardagi bolalar shifoxonalarining onkogematologiya bo‘limlari zamonaviy jihozlar bilan jihozlanadi.

Kiritildi: 14:25 08.05.2025. O'qildi: 434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!