Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina Qurolli kuchlari “O‘rgimchak to‘ri” operasiyasi natijasida shikastlangan Rossiya aviasiyasi haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritdi

Ukraina Qurolli kuchlari “O‘rgimchak to‘ri” operasiyasi natijasida shikastlangan Rossiya aviasiyasi haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritdi

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Ukraina Xavfsizlik xizmatining (SBU) maxsus operasiyasi natijasida Rossiya strategik aviasiyasiga yetkazilgan zarar haqidagi ma’lumotlarni yangiladi.

"Turli manbalardan olingan qo‘shimcha ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tekshirish ma’lum vaqtni talab qildi. “O‘rgimchak to‘ri” operasiyasi natijasida Rossiya strategik aviasiyaning umumiy yo‘qotishlari 41 ta harbiy samolyotni tashkil etganini ma’lum qilamiz, ular orasida strategik bombardimonchi samolyotlar va boshqa turdagi jangovar havo kemalari bor", deyiladi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi xabarida.

Bosh shtab bugun ertalab Rossiyaning 12 ta samolyoti yo‘q qilingani haqida xabar bergandi, lekin keyinroq ma’lumotlarni yangilab, unga yana 29 ta samolyotni qo‘shdi.

BBC rus xizmati o‘z surishtiruvida 1 iyun kuni Ukraina dronlarining Rossiya uzoq masofali va strategik aviasiyasi aerodromlariga zarbalari natijasida 11 dan ortiq samolyot yo‘q qilingani yoki shikastlanganini aniqladi.

Ular orasida Tu-95 va uzoq masofali Tu-22M3 strategik bombardimonchi samolyotlari bor. Ehtimol, strategik bombardimonchilar Tu-95MS modifikasiyalari bo‘lgan, bu uzoq masofali qanotli raketalarni qo‘llay oladigan eng yangi turdagi samolyot hisoblanadi.

Kiritildi: 00:00 04.06.2025. O'qildi: 3606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!