Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Almazbek Atambayev sirtdan 11,5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Almazbek Atambayev sirtdan 11,5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni bir qator jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi va sirtdan 11,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Kaktus media” nashri xabar bermoqda.

Atambayev Chuy viloyatining Qo‘y-Tosh qishlog‘ida yer uchastkalarini noqonuniy olishda, shuningdek, Bishkek issiqlik elektr stansiyasini modernizasiya qilishda korrupsiya va 7-8 avgust kunlari Qo‘y-Tosh qishlog‘ida ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishda aybdor deb topilgan. Sobiq prezidentga nisbatan mol-mulkini musodara qilish va barcha davlat mukofotlaridan mahrum etish jazosi ham belgilangan.

Atambayev bilan birga “Qo‘y-Tosh voqealari” bo‘yicha Prezident devonining sobiq rahbari Farid Niyozov va Qir-iziston Respublikasi Jogorku Keneshining sobiq deputati Ravshan Jeenbekov 7 yil-u 8 oyga, yana bir sobiq deputat Irina Karamushkina esa 7 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.

Atambayevning sobiq tansoqchisi Kanat Sagimbayev 5 yillik, jurnalist va Atambayev tarafdori Qunduz Joldubayeva 5 yillik probasiyaga tortilgan.

Kiritildi: 23:07 03.06.2025. O'qildi: 1063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!