Bugun 5 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya- Ukraina: AQSh keskin javob kutish bilan band

Rossiya- Ukraina: AQSh keskin javob kutish bilan band

AQSh Ukrainaning Rossiya harbiy aerodromlariga qilgan hujumlariga Moskvaning keskin javobini kutmoqda.

"Qo‘shma Shtatlar razvedkasi hozircha Rossiyaning ehtimoliy nishonlarini aniqlamagan, biroq manbalar Moskva Ukrainadagi fuqarolik ob’ektlariga qarshi dron hujumlarini kuchaytirishi, energetika infrastrukturasiga zarbalar berishi yoki o‘rta masofali raketalarni uchirishi mumkinligini taxmin qilmoqda", deb yozadi gazeta.

The New York Times bilan suhbatlashgan rasmiylar, shuningdek, Kiyev nima sababdan “O‘rgimchak to‘ri” operasiyasi haqida Vashingtonni oldindan xabardor qilmaganiga oid ehtimoliy sabablarni ham keltirib o‘tgan.

Ularga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning Yaman husiylariga qarshi hujumlari haqida Signal messenjeri chatida yuz bergan ma’lumot sizib chiqishi AQShning operasion xavfsizligiga bo‘lgan ishonchni zaiflashtirgan.

Yana bir sabab — Rossiyaning strategik bombardimonchi samolyotlari bo‘lib, ular yadro qurolini tashishi mumkin va bu AQSh uchun “taqiqlangan nishon” hisoblanadi. Ukrainaliklar esa o‘z rejalarini oshkor qilmagan, chunki Vashington bu rejalarga qarshi bo‘lishini bilgandi.

Evropalik raamiylardan birining NYT'ga aytishicha, Ukrainaning Rossiya aerodromlariga qilgan hujumi ittifoqchilarni o‘zlarining zaif tomonlarini qayta baholashga majbur qilgan.

"Bu hujum AQShni “Oltin gumbaz” konsepsiyasini ham qayta ko‘rib chiqishga undashi kerak. Chunki Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan raketalarga qarshi mudofaa rejasi hozirgi shaklida bunday zarbalardan himoya qilishga qodir emas", deb yozadi The New York Times.

Kiritildi: 14:56 03.06.2025. O'qildi: 1282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!